{"id":9834,"date":"2026-06-01T09:13:11","date_gmt":"2026-06-01T09:13:11","guid":{"rendered":"https:\/\/ayolqadri.uz\/orol-dengizi-boylab-100-kilometr-aral-ultra-ekspeditsiyasi-qanday-otdi\/"},"modified":"2026-06-03T10:53:49","modified_gmt":"2026-06-03T10:53:49","slug":"orol-dengizi-boylab-100-kilometr-aral-ultra-ekspeditsiyasi-qanday-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/orol-dengizi-boylab-100-kilometr-aral-ultra-ekspeditsiyasi-qanday-otdi\/","title":{"rendered":"Orol dengizi bo\u2018ylab 100 kilometr: ARAL ULTRA ekspeditsiyasi qanday o\u2018tdi."},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Buyuk Britaniya, O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston va Rossiyadan kelgan o\u2018n nafar fikr yetakchisi, jumladan to\u2018rt nafar ayol ultramarafonchi, Ustyurt platosidagi bo\u2018lajak ARAL ULTRA poygasi yo\u2018nalishini birinchi bo\u2018lib bosib o\u2018tdi.<\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC07569-1024x682.jpg\" alt=\"ARAL ULTRA ekspeditsiyasi ishtirokchisi Orol dengizi yaqinidagi bo&#x2018;lajak ultramarafon yo&#x2018;nalishi bo&#x2018;ylab Ustyurt platosida yugurmoqda.\" class=\"wp-image-9798\" srcset=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC07569-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC07569-300x200.jpg 300w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC07569-768x512.jpg 768w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC07569.jpg 1256w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Ekspeditsiya ishtirokchilari 2026-yil oktabr oyida bo\u2018lib o\u2018tadigan ARAL ULTRA ultramarafonining bo\u2018lajak yo\u2018nalishini bosib o\u2018tdilar.<\/figcaption><\/figure>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">23\u201324-may kunlari Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida bo\u2018lajak ARAL ULTRA ultramarafoni yo\u2018nalishi bo\u2018ylab yugurish ekspeditsiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. ARAL ULTRA \u2014 Samarkand Marathon xalqaro xayriya yugurishlar seriyasining yangi bosqichi hisoblanadi. Buyuk Britaniya, O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston va Rossiyadan kelgan o\u2018n nafar fikr yetakchisi hamda sportchi bo\u2018lajak poyga trassasi bilan birinchi bo\u2018lib tanishish va mintaqa haqida o\u2018z auditoriyalariga hikoya qilish maqsadida Ustyurt platosi bo\u2018ylab jami 100 kilometr masofani bosib o\u2018tdi. <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"683\" src=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06056-1024x683.jpg\" alt=\"ARAL ULTRA ekspeditsiyasi davomida Ustyurt platosidagi quyosh botishi.\" class=\"wp-image-9783\" srcset=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06056-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06056-300x200.jpg 300w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06056-768x512.jpg 768w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06056.jpg 1290w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Bo\u2018lajak ARAL ULTRA ultramarafoni yo\u2018nalishidagi eng taassurotli manzaralardan biri \u2014 Ustyurtning cheksiz kengliklari uzra botayotgan quyoshdir.<\/figcaption><\/figure>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayollarning ishtiroki alohida e\u2019tiborga loyiq: ekspeditsiyaning o\u2018n nafar ishtirokchisidan to\u2018rt nafari O\u2018zbekiston va Markaziy Osiyoning ayollar ultramarafon hamjamiyati vakillari edi. Ular orasida Marathon des Sables marafonini yakunlagan Markaziy Osiyodagi ilk ayol, Oceanman musobaqasining 10 kilometrlik masofasini bosib o\u2018tgan O\u2018zbekistondagi ilk ayol, shuningdek, yirik xalqaro ultramarafonlarda qatnashish tajribasiga ega sportchilar ham bor edi. <br\/>Ekspeditsiyada quyidagi ishtirokchilar qatnashdi:<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Shirin Abduvahitova (Toshkent, O\u2018zbekiston) \u2013 treyl-yuguruvchi, Cappadocia Ultra-Trail (119 km) marrachisi, fikr yetakchisi;<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Alina Tyo (Toshkent, O\u2018zbekiston) \u2013 triatlet, Oceanman musobaqasining 10 kilometrlik masofasini yakunlagan O\u2018zbekistondagi ilk ayol, fikr yetakchisi;<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Anna Permyakova (Moskva, Rossiya) \u2013 treyl-yuguruvchi, ultramarafonchi; <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Saniya Jailaubekova (Olmaota, Qozog\u2018iston) \u2013 ultramarafonchi, Marathon des Sables (270 km) marafonini yakunlagan Markaziy Osiyodagi ilk ayol; <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06762-1024x682.jpg\" alt=\"ARAL ULTRA ekspeditsiyasi ishtirokchisi Qoraqalpog&#x2018;istondagi Ustyurt platosi bo&#x2018;ylab yugurmoqda.\" class=\"wp-image-9795\" srcset=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06762-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06762-300x200.jpg 300w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06762-768x512.jpg 768w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06762.jpg 1213w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Ekspeditsiya davomida ishtirokchilar Ustyurt platosi bo\u2018ylab o\u2018tadigan bo\u2018lajak ARAL ULTRA ultramarafoni trassasi bilan tanishdilar.<\/figcaption><\/figure>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ekspeditsiya yo\u2018nalishi 2026-yil 3\u20134-oktabr kunlari bo\u2018lib o\u2018tadigan ARAL ULTRA asosiy poygasi trassasini to\u2018liq takrorladi. Yugurish tong saharda Ustyurt platosida boshlandi va quyosh botishi paytida G\u2018arbiy Orol dengizining hozirgi qirg\u2018oq chizig\u2018ida yakunlandi. Yo\u2018nalishning umumiy davomiyligi taxminan 14 soatni tashkil etdi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ekspeditsiyada xalqaro yugurish hamjamiyati vakillari, ultramarafonchilar, triatletlar, sport tadbirlari tashkilotchilari va kontent yaratuvchilari ishtirok etdi. Ularning har biri yo\u2018nalishning o\u2018ziga biriktirilgan 10 kilometrlik qismini bosib o\u2018tdi. <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"683\" src=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06368-1024x683.jpg\" alt=\"ARAL ULTRA ekspeditsiyasi ishtirokchisi quyosh botishi paytida Ustyurt platosida.\" class=\"wp-image-9789\" srcset=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06368-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06368-300x200.jpg 300w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06368-768x512.jpg 768w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06368.jpg 1296w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Ekspeditsiya tong saharda boshlanib, quyosh botishi bilan yakunlandi va shu tariqa bo\u2018lajak ARAL ULTRA ultramarafoni yo\u2018nalishini takrorladi.<\/figcaption><\/figure>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Safar yakunlari bo\u2018yicha yo\u2018nalishni bosib o\u2018tish, Ustyurt platosining tabiiy landshaftlari va Orolbo\u2018yi mintaqasi bilan tanishishga bag\u2018ishlangan o\u2018nta videokundalikdan iborat turkum e\u2019lon qilinadi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tashkilotchilar ta\u2019kidlashicha, loyiha \u201cilk kashfiyotchilar ekspeditsiyasi\u201d g\u2018oyasidan ilhomlangan. Unda nafaqat sport natijasi, balki noyob tabiiy landshaftlarni ko\u2018rish, mintaqa madaniyati bilan tanishish va Orolbo\u2018yiga xalqaro auditoriya e\u2019tiborini jalb etish imkoniyati ham muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"683\" src=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06089-1024x683.jpg\" alt=\"Kechki quyosh nurlariga burkangan Orolbo&#x2018;yi tepaliklari.\" class=\"wp-image-9786\" srcset=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06089-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06089-300x200.jpg 300w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06089-768x512.jpg 768w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06089.jpg 1296w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><figcaption class=\"wp-element-caption\">O\u2018zgaruvchan relyef va keng ochiq hududlar bu mintaqani Markaziy Osiyodagi treyl-ranning uchun eng noodatiy maskanlardan biriga aylantiradi.<\/figcaption><\/figure>\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00abARAL ULTRA orqali biz dunyoga mintaqaning yangi qiyofasini \u2014 betakror tabiati, boy madaniyati va boshqa hech qayerda his qilib bo\u2018lmaydigan o\u2018ziga xos muhitga ega maskanni ko\u2018rsatmoqchimiz. Biz sport hududlarni yangicha kashf etishga qodirligiga ishonamiz \u2014 bu shaxsiy tajriba, his-tuyg\u2018ular va dunyoning turli burchaklaridan bu yerga keladigan insonlarning hikoyalari orqali ro\u2018y beradi. ARAL ULTRA yugurish turizmni rivojlantirish, madaniy muloqot va mintaqaga xalqaro miqyosda e\u2019tibor qaratish vositasiga aylanayotgan platformadir\u00bb, \u2014 dedi marafonlarni amalga oshirish bo\u2018limi boshlig\u2018i va seriya kuratori Mirxan Sagitov.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">ARAL ULTRA \u2014 Samarkand Marathon xalqaro xayriya yugurishlar seriyasining yangi bosqichi hisoblanadi. Asosiy poyga 2026-yil 3\u20134-oktabr kunlari Ustyurt platosida bo\u2018lib o\u2018tadi. Ishtirokchilar uchun 100, 50, 25 va 15 kilometrlik treyl-ranning masofalari taqdim etiladi.  <\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Musobaqaning o\u2018ziga xos jihatlaridan biri marra chizig\u2018i bo\u2018ladi. U har yili Orol dengizining qirg\u2018oq chizig\u2018i bilan birga o\u2018zgarib boradi va ishtirokchilarga mintaqa ekotizimining mo\u2018rtligi hamda landshaftdagi davom etayotgan o\u2018zgarishlarni eslatib turadi.<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Samarkand Marathon seriyasi mamlakatdagi eng yirik yugurish tadbirlarini, jumladan Samarkand Marathon, Bukhara Night Race, Sky Camp Bo\u2018stonliq, ZAAMIN ULTRA va yangi ARAL ULTRA startini birlashtiradi. Seriya doirasida yig\u2018ilgan barcha mablag\u2018lar yugurish musobaqalari o\u2018tkaziladigan hududlarda bolalar sport maydonchalarini barpo etishga yo\u2018naltiriladi. <\/p>\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"850\" height=\"567\" src=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06386.jpg\" alt=\"ARAL ULTRA loyihasi ishtirokchilari tanishgan Orolbo&#x2018;yi hududining tepalikli manzaralari.\" class=\"wp-image-9792\" srcset=\"https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06386.jpg 850w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06386-300x200.jpg 300w, https:\/\/ayolqadri.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/DSC06386-768x512.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 850px) 100vw, 850px\" \/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Safar ishtirokchilarga Qoraqalpog\u2018istonning kam tanilgan tabiiy landshaftlarini ko\u2018rish va ular haqida xalqaro auditoriyaga hikoya qilish imkonini berdi.<\/figcaption><\/figure>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Foto va ma\u2019lumotlar O\u2018zbekiston Madaniyat va san\u2019atni rivojlantirish jamg\u2018armasi (<a href=\"https:\/\/acdf.uz\/\">ACDF<\/a>) tomonidan taqdim etildi.<\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u0413\u0435\u043d\u0435\u0440\u0430\u043b\u044c\u043d\u044b\u0435 \u043f\u0430\u0440\u0442\u043d\u0435\u0440\u044b ARAL ULTRA:<\/strong><\/p>\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Xalq Banki<\/li>\n\n\n\n<li>Xazna<\/li>\n\n\n\n<li>Apex Insurance<\/li>\n\n\n\n<li>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2018zbekiston Respublikasi Turizm qo\u2018mitasi<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2018zbekiston Respublikasi Sport vazirligi<\/li>\n<\/ul>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Ro\u2018yxatdan o\u2018tish ma\u2019lumotlari<\/strong><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ro\u2018yxatdan o\u2018tish boshlanishi haqidagi ma\u2019lumot Samarkand Marathon Series\u2019ning rasmiy sahifasida e\u2019lon qilinadi:<\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><a href=\"https:\/\/events.samarkandmarathon.uz\/\">events.samarkandmarathon.uz<\/a><\/p>\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buyuk Britaniya, O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston va Rossiyadan kelgan o\u2018n nafar fikr yetakchisi bo\u2018lajak ARAL ULTRA ultramarafoni yo\u2018nalishini birinchi bo\u2018lib bosib o\u2018tdi. Ekspeditsiya ishtirokchilari orasida xalqaro musobaqalar va ultramarafonlarda qatnashish tajribasiga ega to\u2018rt nafar ayol sportchi ham bor edi. <\/p>\n","protected":false},"author":6,"featured_media":9803,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[188,197,190,195,191,189,193,194,192,196],"class_list":["post-9834","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-imkoniyatlar","tag-aral-ultra","tag-ozbekiston-2","tag-orol-dengizi","tag-orolboyi","tag-qoraqalpogiston","tag-samarqand-maraphoni","tag-treyl-ranning","tag-ultramarafon","tag-ustyurt-platosi","tag-yugurish"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9834","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/6"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9834"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9834\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9835,"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9834\/revisions\/9835"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9803"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9834"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9834"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/ayolqadri.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9834"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}