Baxt olamiga eltuvchi yo‘lboshchingiz!

Kouch va motivator Rayxon Sulton hayotda baxtga erishish uchun yuzlab amaliy vositalar va layfxaklar bilan bo‘lishishga tayyor.

Sizda muhim masalalar yoki shaxsiy savollar bormi? Rayxon Sulton javob beradi!

Savolingizni yozib yuboring va bizning ekspert albatta, har biringiz uchun shaxsiy va noyob yechimlarni topib beradi.

Javob qanday beriladi?

Murojaatda savolingizni yozing.

Biz to‘liq anonimlikni kafolatlaymiz: savolingiz ismi-sharifingizsiz eʼlon qilinadi.

Rayxon Sulton boy tajribasiga tayangan holda malakali javoblarni taqdim etadi.

Baxt sari yo‘lingizni hozirdan boshlang. Savollaringizni kutamiz!

Har kimning hayotida muntazam sodir bo‘ladigan murakkab davrlarni ob-havo bilan taqqoslash mumkin. Kutilmagan havo bo‘lganda avvaliga biroz ranjiysiz, ammo keyin unga qarab kiyinishga harakat qilasiz. Bulutli havoda har ehtimolga qarshi soyabon olasiz, yomg‘ir yog‘masa ham mayli, ammo siz shay turasiz. Baʼzi murakkab hodisalarga xuddi ob-havoga o‘xshab munosabat ko‘rsata bilish kerak, kayfiyatni atrofga bilintirmaslik zarur. Har qanday vaziyatda yaxshilik ko‘ra biling. Qiyin holatlarni ob-havoga qiyosladikmi, shoshilinch vaziyatlarda ham o‘zimizni oldindan tinchlantirishimiz lozim: ishlarimizni bajarib bo‘lib, issiq ko‘rpaga o‘ranamizda, bir piyola sevimli ichimligimizdan bahramand bo‘lamiz hamda ko‘chadagi havo injiqliklariga boqib, barchasi ortda qolganiga va masalalarni yechib, xavfsiz joyda ekanimizga xursand bo‘lamiz.

Bu albatta, ro‘y beradi. Ushbu damda eʼtibor faqat o‘zingizga nisbatan bo‘ladi, bisotingizdagi jamiki yaxshiliklar siz uchun xizmat qiladi. Shubhasiz.

Faqat salbiy hodisalardan diqqatni oling va atrofga kengroq qarang. Har qanday inqiroz yangi imkoniyatlarini berishini unutmang.

Har bir inson hayotida qandaydir bo‘shliq davri yuz berib turadi, hafsalamiz pir bo‘ladi va qo‘limiz hech nimaga bormaydi. Apatiya hissi va depressiv holatga o‘xshash vaziyat yuzaga keladi. Shunday damlarda nima qilish kerak? Birinchi navbatda, bunday vaziyat uchun o‘zini ayblamaslik kerak, chunki hayotimiz davrlardan iborat. Charchoq – normal holat, hissiyotlar – hayotimizning bir qismi va ularni his etish tabiiy.

Ushbu hissiyotlarni anglash, kuzatib borish va qabul qilish muhim, sababi ular hayot sifatingizni ko‘rsatuvchi kuchli belgilar. Agar hech nimaning qizig‘i qolmagan bo‘lsa, og‘ir yuk bosaversa, uni uddalab bo‘lmasdek tuyulsa, hayotni butkul o‘zgartirish shart emas. Yangi yoqimli mashg‘ulotni toping, yangi narsalarga o‘rganing.

Tabiat doim ko‘makchidir. Ko‘rkam hiyobonda aylaning, odamlar bayramona muhit yaratgan joylarga boring. Iforlarni hidlang, o‘zingiz uchun yoqimli narsalarni bahshida qiling. O‘zingizga g‘amxo‘rlik qiling, ko‘p narsani talab qilmang, shunchaki g‘amxo‘rlikning o‘zi yetarli. Har kuni quyosh bizga yangi hayot va kayfiyat bag‘ishlab, samo uzra ko‘tarilganday, siz ham bu imkoniyatni o‘zingizga sovg‘a qilishingiz mumkin. Ertaga boshqacha inson bo‘lib uyg‘oning.

Onangiz bilan ziddiyatlarga chek qo‘yib, hamjihatlikni o‘rnatish uchun avvalo inson o‘zini tushunishga harakat qilishi kerak. Hissiyotlaringizni anglab, haqiqatni qabul qilishga urinib ko‘ring. Balki aynan onangiz baxtingizni o‘ylaydigan eng yaqin insoningizdir. Munosabatlarni xafagarchiliklarsiz va hissiy ziddiyatlarsiz baholang.

Hayotni o‘zgartirib bo‘lmaydi va onangiz bilan ziddiyatlar boshqa jihatlarga taʼsir qilishi mumkin. Ota-onalarimiz muhim o‘ringa ega va ular ko‘p tomonlama taʼsir ko‘rsatadi.

Agar ziddiyat yuz bersa, onangiz nuqtai nazarini tushunishga harakat qiling. Onangizning yoshi va hayotiy tajribasini hurmat qilish orqali uning maqsadlarini yaxshiroq anglaysiz. Onangizga xolis baho bering va ochiq yurak bilan munosabat ko‘rsating.

Ayblashni va hukm qilishni bas qiling. Buning o‘rniga o‘zaro tushunish va qo‘llab-quvvatlashga intiling. O‘zingizga savol berish va vaziyatga munosabatingizni baholashni boshlash muhim. Haqiqatni qanchalik rad etsangiz, onangiz bilan munosabatlarda jarohatlovchi senariyni shunchalik takrorlayverasiz. O‘zgarishni o‘zingizdan boshlang va munosabatlarda uyg‘unlikka intiling.

Atrofda hamma narsa omadsizlikka uchrayotganini his qilish, bu charchoq va o‘ta ko‘p vazifalardan darak beradi. Bizning olamni qabul qilishimiz ichki tushunchalar, qo‘rquvlar va odatlar hisobiga shakllanishini bilish muhim. Muammoning yechimi ko‘pincha voqealarga nisbatan shaxsiy dunyoqarashni o‘zgartirish bilan bog‘liq. O‘zingizni chuqurroq anglab yetar ekansiz, inqirozni shaxsiy rivojlanish imkoniyati sifatida qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Tafakkur sifati ustida ishlash asosiy o‘rinni egallaydi. Bu kichik somoncha kabidir, agar unga eʼtibor qaratilsa, katta kemaga aylanishi mumkin. Unutmang, ichki dunyoingiz tashqi dunyo haqidagi tasavvuringizni shakllantiradi va o‘zingizdagi o‘zgarishlar sizni oldinga siljishga ilhomlantirishi mumkin.

O‘zini sevish va qabul qilishni o‘rganish uchun bizni o‘rab turgan tashqi baholash va qadriyatlardan qutulish kerak. Beg‘ubor chaqaloq bu dunyoga begunoh bo‘lib kelgani kabi, biz ham o‘zimizga xosligimiz va qadr-qimmatimiz bor ekanligini unutib qo‘yamiz. Sekin-asta tashqi dasturlar va talablar asosida o‘zimizdan juda ko‘p narsani talab qila boshlaymiz, o‘zimizga bo‘lgan muhabbatimizni esa unutamiz.

O‘zimiz bilan o‘sha aloqani tiklash uchun ichimizdagi bola bilan uchrashishimiz muhim, bunda tashqaridan beriladigan baholarga eʼtibor bermasdan xursandchilik olib keladigan mashg‘ulotlar bilan muntazam shug‘ullanishimiz kerak. Sizning haqiqiy qiziqishlaringiz ro‘yxatini tuzish, sizni chinakam tushunadigan insonlar bilan muloqot qilish, katta kuch sarflamasdan quvonch olib keladigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish ushbu jarayonda tayanch bo‘ladi.

Buni ildizga qaytish uchun yaxshi imkoniyat sifatida ko‘rishdan cho‘chimang, sizning ichingizdagi bola o‘zini qanday sevishni va hayotdan zavqlanishni biladi. Bolalar o‘tloqdagi jonivor yoki qush sayrashiga qanday hayrat va zavq bilan qarasa, siz ham oddiy narsalardan shunday mamnunlik ola biling. Dunyoni oddiy idrok etish fikrimizni o‘zgartirish va o‘z-o‘zini sevish ildizlariga qaytish uchun katta ahamiyatga ega.

Xavotirga ko‘plab sabablar bo‘lishi mumkin, birinchi qadam — bu ularning turfaligini anglab yetishdir. Bu charchoqning natijasi yoki biror-bir kasallik belgisi bo‘lishi mumkin degan fikr xavotirning mohiyatini tushunishga yordam beradi. Agar u yuzaki bo‘lsa, siz charchagan bo‘lishingiz mumkin, hordiq undan xalos bo‘lishingizga yordam beradi. Ammo agar xavotir aniq bir hodisa yoki insonlar muloqoti bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu manbalarni aniqlash kerak.

Baʼzida xavotir sizga boshqalardan, tashqaridan kelgan bo‘ladi. Sizga salbiylikni bag‘ishlovchi insonlar yoki jamoa bilan muloqotdan keyin ushbu quvvatdan qutulish yo‘lini izlash muhim. Agar charchaganingizni anglagan bo‘lsangiz, chetga o‘tishga andisha qilmang, o‘zingiz uchun vaqt ajrating va vaziyatga aniqlik kiriting. Xavotir manbasini aniqlash orqali mantiqan va samaraliroq harakat qilasiz va ichki xotirjamlikka intilasiz.

Ulg‘aygan qiz bilan munosabatlarni tiklash uchun shaxsiy hissiyotlar bilan ishlashni boshlash kerak. Ziddiyatni yomon qabul qilishdan qutulsangiz va vaziyatga taʼsir ko‘rsata olmasligingizni anglab yetsangiz, bolani o‘z holiga qo‘ying. Taranglik va ziddiyat hissi — ota-onalikning meʼyoriy belgisi bo‘lib, siz ham ularning vakili sifatida og‘riq va aybdorlikni his qilasiz. Ushbu hissiyotlarda qotib qolish foyda keltirmaydi.

Tushunyapsizmi, siz yaxshi inson va ota-ona sifatida farzandingizga ko‘p yaxshilik singdirdingiz va bu urug‘lar, albatta, unib chiqadi. Xafalik, g‘urur, og‘riqlarni yengishga tayyor turing, shunda o‘zingiz va qizingizga baxtli munosabatlar imkoniyatini taqdim etasiz. Farzandlaringiz doim siz bilan qoladi, chunki sizlar qarindoshlik, irsiy va hissiy rishtalar bilan bog‘langansiz. Turfa ziddiyatlar va oilaviy hayotning chaqiriqlari orqali munosabatlar tozalanadi va qalbingiz erkinroq bo‘ladi.

Vaqt o‘tib qizingiz sizga o‘xshab boradi. Buni sezganida esa qo‘llov va yordam uchun oldingizga kelishi hech gap emas.

To‘laqonli hayot kechirishga xalaqit beruvchi qo‘rquvlarni yengish uchun ular ongosti tafakkurimizga katta taʼsir o‘tkazishini va qarorlarimizga dahl qilishini anglash kerak, ular har doim ham haqiqiy istaklarimiz va ehtiyojlarimizga mos kelavermaydi. Qo‘rquvlar baxt, muvaffaqiyat, o‘zini namoyon etish va o‘z isteʼdodini kashf etish yo‘lida to‘sqinlik bo‘lishi mumkin. Ushbu qo‘rquvlarni saralash – ularni aniqlash sari ilk qadamdir.

Qo‘rquvlar ongimizning chuqur qavatlariga borib taqaladi, xuddi insoniyatning minglab asrlar saqlanuvchi qattiq xotirasidagi maʼlumotlar kabi. Ular ajdodlarimiz omon qolishining ajralmas qismi edi, ammo zamonaviy dunyoda sivilizatsiya va maʼnaviy rivojlanish holatida biz g‘orlarda yashirinib, mamontlarni ovlashga majbur emasmiz. Bizlarga meros qolgan qo‘rquvlar eskirgan va haqiqiy hayotga mos kelmaydi.

Qo‘rquvni yengish uchun siz vaziyatga nisbatan ko‘zingizni katta ochishingiz, qo‘rquvning ikkilamchi foydasi nima ekanligini tushunishingiz va ushbu qo‘rquvlarning taʼsir mexanizmlarini tushunish uchun o‘zingizga sho‘ng‘ishingiz kerak. Qo‘rquvlar tug‘ma (reptil) va salbiy tajriba tufayli orttirilgan bo‘lishi mumkin.

Aql bilan ishlash hatto salbiy tajriba ham ko‘p narsaga o‘rgatuvchi qimmatli dars bo‘lishini anglashga yordam beradi. Qo‘rquvlarni qo‘rqitadigan hodisadan qimmatli tajribaga aylantirish orqali qabul qilishni o‘zgartirish ushbu cheklovlarni yengishga imkon beradi. Zarur holatda mutaxassisga murojaat foydali bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy hayotdagi hamjihatlik katta ahamiyatga ega. Ishda ziddiyatlar nima uchun paydo bo‘lishini anglab yetish uchun ichingizga bir boqing, to‘g‘rirog‘i, ijtimoiy munosabatlar shakllangan ilk dargoh – oilaga qayting.

Ichki ko‘rsatmalar va chuqur o‘ylarimizni tushunish uchun mutaxassis yordami talab etilishi mumkin. Bunday omillar atrofdagilarning bizni qabul qilishi va o‘zaro munosabatimizga taʼsir qiluvchi yashirin chizgilardir.

Ko‘pincha biz hamjihatlik va kutilmalarimiz senariysini o‘zimiz yaratamiz, ammo ular haqiqiy hayotga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Atrofdagilarga qanday taʼsir ko‘rsatishimizni anglab yetish ziddiyatlarni hal qilishda yordam beradi va hamkasblarimiz bilan aloqamizni yaxshilaydi.

Ichki dunyomizdan ko‘plab signallar mitti mayoqlar singari ziddiyatlarni o‘ziga tortishi ko‘pgina vaziyatlar uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Inson kurash yoki himoyaga tayyor bo‘lganda, u ziddiyatga qarab ketadi, uning uchun pishib yetiladi. Harbiy amaliyotlar hududiga tushib qolsangiz, atrofdagilarni hujum qilishga majbur qilasiz. Nima uchun odamlar menga qo‘pollik qiladi,

Afsuski, qo‘pollik jamiyatda bor va unga duch keluvchi insonlarda yoqimsiz taassurotlar qoldiradi. Kundalik hayotda suhbatdoshingiz gapirayotgan barcha gaplarni qalbga yaqin olmaslikni o‘rganish kerak. Bunday vaqtda siz inson hissiyotlari uchun javobgar emassiz, chunki sizgacha nima bo‘lganini bilmaysiz. Qolaversa, bir necha soatdan keyin, ertalab hammasini unutasiz.

Chindan ham hayotingizga taʼsir qiladigan va siz uchun muhim gaplarni gapirish huquqiga ega bo‘lgan insonlarning fikrlariga quloq tuting. Qo‘pollikdan o‘zingizni pana qiling, bunday vaziyatlarda cheklovlar o‘rnating. Shu tariqa o‘zga inson uchun masʼuliyatli emasligingizni tushunasiz.

Shunchaki insonlarning qo‘polligi va salbiy munosabatini qabul qilmang, ularning fikrlari hayotingizga taʼsir o‘tkazmaydi. Bu shaxsiy chegaralar va hissiy zakovatni rivojlantirishning ajoyib usuli.

Savollaringizni #QuestionsImportant xeshtegi bilan havolaga yuboring

Afsuski, qo‘pollik jamiyatda bor va unga duch keluvchi insonlarda yoqimsiz taassurotlar qoldiradi. Kundalik hayotda suhbatdoshingiz gapirayotgan barcha gaplarni qalbga yaqin olmaslikni o‘rganish kerak.

Bunday vaqtda siz inson hissiyotlari uchun javobgar emassiz, chunki sizgacha nima bo‘lganini bilmaysiz. Qolaversa, bir necha soatdan keyin, ertalab hammasini unutasiz.
Chindan ham hayotingizga taʼsir qiladigan va siz uchun muhim gaplarni gapirish huquqiga ega bo‘lgan insonlarning fikrlariga quloq tuting.

Qo‘pollikdan o‘zingizni pana qiling, bunday vaziyatlarda cheklovlar o‘rnating. Shu tariqa o‘zga inson uchun masʼuliyatli emasligingizni tushunasiz.

Shunchaki insonlarning qo‘polligi va salbiy munosabatini qabul qilmang, ularning fikrlari hayotingizga taʼsir o‘tkazmaydi. Bu shaxsiy chegaralar ustida ishlash va hissiy intellektni rivojlantirishning ajoyib usuli.

Baxt olamiga eltuvchi yo‘lboshchingiz!

Qadrli obunachilar, jamoamizda yangi ekspert paydo bo‘lganini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz – Rayxon Sulton, malakali kouch va motivator. U baxtga erishish uchun yuzlab amaliy vositalar va layfxaklar bilan bo‘lishishga tayyor.

🤔 Sizda shaxsiy yoki muhim mavzularda savollar bormi? Rayxon Sulton ularga javob beradi!

Buning uchun savolingizni direktimizga yo‘llang va ekspertimiz albatta, unga shaxsiy va noyob yechimni topib beradi.

📩 Javob qanday beriladi?

  1. Direktda savolingizni yozing.
  2. Biz to‘liq anonimlikni kafolatlaymiz: savolingiz ismi-sharifingizsiz eʼlon qilinadi.
  3. Rayxon Sulton boy tajribasiga tayangan holda javoblarni taqdim etadi.

🌐 Baxt sari yo‘lingizni hozirdan boshlang. Savollaringizni kutamiz! 🚀

Подписаться на рассылку

Keling, birga topamiz!

Подписаться на рассылку

Keling, birga topamiz!