DREVO. Oila xotirasi yashaydigan kitoblar

ULUSHLAR

DREVO – Barno Ikramovaning inson, oila, sulola va kompaniya haqida kitoblar yaratishga qaratilgan mualliflik loyihasi.
Loyiha xotiralar, fotosuratlar, hujjatlar va arxiv materiallarini avlodlar tarixini saqlaydigan kitobga aylantirishga yordam beradi. Dastlabki suhbat va konsepsiyani ishlab chiqishdan boshlab, matnga adabiy ishlov berish, tahrirlash va butun jarayonni muvofiqlashtirishgacha – har bir bosqich oilaviy yoki korporativ merosning bir qismiga aylanadigan kitob yaratishga xizmat qiladi.

Barno Ikramovaning loyihasi

Arxiv fotosurati aks etgan DREVO oilaviy kitobi – buyurtma asosida yaratiladigan oila haqidagi kitob

Xotiralar, oilaviy hikoyalar, fotosuratlar va arxiv materiallari asosida inson, oila yoki kompaniya haqida kitob yaratishga yordam beraman. Har bir kitob siz bilan birgalikda yaratiladi va kelgusi avlodlarga qoldiriladigan bebaho xotiraga aylanadi.

Nima uchun bu muhim

Bir necha o‘n yillardan keyin bu voqeani bugun ota-onangiz, buvi va bobolaringiz aytib bera olgandek hech kim aytib bera olmaydi.

Har bir inson bilan birga uning xotiralari, oilaviy rivoyatlari va boshqa hech qachon takrorlanmaydigan hayotiy tafsilotlar ham ketadi. Saqlab qolinmagan tarix esa abadiy yo‘qoladi.

Men bu xotiralarni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolishga – ehtiyotkorlik, professional yondashuv va go‘zallik bilan kitobga aylantirishga yordam beraman.

Bu sizning tarixingiz. Uni o‘z so‘zlaringiz bilan siz hikoya qilasiz,
men esa xotiralarni kitobga aylantirishga yordam beraman.


Kelajakdagi kitobingiz formatini tanlang

Har bir oilaning o‘z tarixi bor. Shuning uchun har bir kitob alohida, individual tarzda yaratiladi. Asos sifatida tayyor formatlardan birini tanlash yoki oilangiz, uning qadriyatlari hamda avlodlar xotirasini aks ettiradigan noyob loyihani birgalikda ishlab chiqish mumkin.

Xotiralar kitobi

Barno Ikramova ota-onasi — Gavhar Xo‘jayeva va Shuxrat G‘afforovich bilan.

Insonning oila, bolalik, ota-onasi, uyi, hayotidagi muhim voqealar va unda unutilmas iz qoldirgan insonlar haqidagi shaxsiy xotiralari. Kitob suhbatlar, fotosuratlar va oilaviy hikoyalar asosida yaratiladi.

Tavsiya etiladigan hajmlar — 64, 128 va 256 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar hajmiga qarab kitob sahifalari soni oshirilishi mumkin.

Xotiralar insonlar bilan birga yo‘qolib ketadi.
Kitob esa ularni saqlab qolishga yordam beradi.


Oilaviy foto albom

Ba’zan bitta surat butun bir bobdan ham ko‘proq narsani so‘zlab bera oladi. Biz oilangizning eng qadrli suratlarini jamlaymiz, sanalar va voqealarni tiklaymiz, fotosuratlarga izohlar yozamiz hamda nafaqat bugun, balki o‘nlab yillardan keyin ham zavq bilan varaqlanadigan go‘zal fotoalbom yaratamiz.

Tavsiya etiladigan hajmlar — 64, 128 va 256 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar hajmiga qarab kitob sahifalari soni oshirilishi mumkin.

Qayta-qayta varaqlashni istaydigan oila tarixi suratlarda.


Oilaviy doston

Oila tarixi — bir necha avlod tarixidir. Biz ota-onalar, farzandlar, buvi va bobolarning xotiralari, oilaviy arxivlar hamda eski fotosuratlarni bir kitobga jamlaymiz. Unda insonlar taqdiri davr tarixi bilan uyg‘unlashadi. Kitob sahifalarida bir necha avlodning ovozi yana jaranglaydi: qiziqarli voqealar, oilaviy rivoyatlar, buvining sevimli taom retseptlari, katta dasturxon atrofida aytilgan hikoyalar va avloddan avlodga og‘zaki o‘tib kelgan xotiralar. Bu xotiralarning barchasi birlashib, yaxlit, samimiy va chin ma’noda sizning oilangizga xos hikoyani yaratadi.

Tavsiya etiladigan hajmlar — 128 va 256 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar hajmiga qarab kitob sahifalari soni oshirilishi mumkin.

Bu kitob oilangizning avloddan avlodga o‘tadigan bebaho merosiga aylanadi. Uni oilangizning ko‘plab avlodlari o‘qiydi, qayta-qayta varaqlaydi va mehr bilan asrab-avaylaydi.

Biografiya

Inson hayotining faktlar, voqealar va yutuqlar orqali hikoya qilinadigan tarixi. Kitob suhbatlar, hujjatlar, fotosuratlar va arxiv materiallari asosida yaratiladi. Unda insonning hayot yo‘li izchil yoritiladi: bolaligi, ta’limi, oilasi, kasbiy faoliyati, jamoat ishlari, erishgan yutuqlari hamda uning taqdirida muhim o‘rin tutgan insonlar haqida hikoya qilinadi.Inson hayotining faktlar, voqealar va yutuqlar orqali hikoya qilinadigan tarixi. Kitob suhbatlar, hujjatlar, fotosuratlar va arxiv materiallari asosida yaratiladi. Unda insonning hayot yo‘li izchil yoritiladi: bolaligi, ta’limi, oilasi, kasbiy faoliyati, jamoat ishlari, erishgan yutuqlari hamda uning taqdirida muhim o‘rin tutgan insonlar haqida hikoya qilinadi.

Tavsiya etiladigan hajmlar — 64, 128 va 256 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar hajmiga qarab kitob sahifalari soni oshirilishi mumkin.

Hayot yo‘lining izchil va ishonchli hikoyasi.


Shajara kitobi

Bu oila tarixi va uning kelib chiqishini hujjatlar asosida o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotdir. Kitobda bir necha avlod haqidagi ma’lumotlar jamlanadi, nasabnoma daraxti tuziladi, arxiv hujjatlari, fotosuratlar, oilaviy meros buyumlari hamda sulola tarixini tiklashga yordam beradigan boshqa materiallar o‘rganiladi.

Tavsiya etiladigan hajmlar — 128 va 256 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar hajmiga qarab kitob sahifalari soni oshirilishi mumkin.

O‘z ildizlarini bilgan inson o‘z kelajagini yaxshiroq anglaydi.


Oilaning hujjatli solnomasi

Oilaviy arxiv haqiqiy kitobga aylanishi mumkin. Maktublar, hujjatlar, kundaliklar, fotosuratlar, mukofotlar va boshqa materiallar tizimlashtiriladi, tavsiflanadi hamda yagona hujjatli nashrga jamlanadi.

Tavsiya etiladigan hajmlar — 64, 128 va 256 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar hajmiga qarab kitob sahifalari soni oshirilishi mumkin.

Oilaning hujjatli tarixi.


Bolalik haqida kitob

Bu kitob ota-onaning mehri va g‘amxo‘rligi bilan yaratiladi. Unda farzandingizning bolaligini tashkil etgan xotiralar, quvnoq voqealar, ilk yutuqlar, sevimli iboralari, chizgan rasmlari, fotosuratlari va eng muhim lahzalari jamlanadi. Bu shunchaki kundalik emas, balki ulg‘ayish tarixi — ilk qadamlaridan tortib, dastlabki g‘alabalari, orzu-intilishlari va mustaqil qarorlarigacha bo‘lgan yo‘l haqidagi kitobdir. Yillar o‘tgach, u eng baxtli onlarni eng yaqin insonlar nigohi bilan yana bir bor his etishga yordam beradi.

Tavsiya etiladigan hajmlar — 64 va 128 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar hajmiga qarab kitob sahifalari soni oshirilishi mumkin.

Bu shunday kitobki, farzandingiz ulg‘aygach, unga yana qaytadi — bolaligi qanday mehr va muhabbat bag‘rida o‘tganini yana bir bor his qilish uchun.


Sevgi tarixi

Har bir oilaning o‘z sevgi tarixi bor. U ikki nigoh, ikki xarakter va birgalikda yaratilgan xotiralardan tarkib topadi. Suhbatlar va fotosuratlar asosida biz er-xotinning birgalikda bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida kitob yaratamiz.

Tavsiya etiladigan hajmlar — 64 va 128 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar hajmiga qarab kitob sahifalari soni oshirilishi mumkin.

Farzandlaringiz va nabiralaringiz o‘qiydigan sevgi tarixi.

Do‘stlik haqida kitob

Shunday do‘stliklar bo‘ladiki, ular hayotning ajralmas qismiga aylanadi. Birgalikdagi sayohatlar, muhim voqealar, kulgili xotiralar va yillar davomida yonma-yon bosib o‘tilgan yo‘l nafaqat xotirada, balki kitob sahifalarida ham abadiy qolishga loyiqdir.

Tavsiya etiladigan hajmlar — 64 va 128 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar hajmiga qarab kitob sahifalari soni oshirilishi mumkin.

Haqiqiy do‘stlik — hayotdagi eng katta boyliklardan biridir.

Muvaffaqiyat tarixi

Har bir kompaniyaning o‘z tarixi bor — g‘oya, insonlar va uni muvaffaqiyat sari olib borgan qarorlar tarixi. Biz asoschilar va xodimlar bilan suhbatlar, arxiv materiallari, fotosuratlar hamda muhim voqealar asosida kitob yaratamiz. U kompaniyaning korporativ solnomasi, yubiley munosabati bilan tayyorlangan sovg‘a nashri yoki brend tarixining bir qismiga aylanib, kompaniya qadriyatlari va uni barpo etgan insonlarning tajribasini kelajak avlodlar uchun saqlab qoladi.

Tavsiya etiladigan hajmlar — 64, 128 va 256 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar hajmiga qarab kitob sahifalari soni oshirilishi mumkin.

Kompaniya tarixi — uni yaratgan insonlar hikoyasi.

SOVG‘A SERTIFIKATI

Eng qimmatli sovg‘alar yillar o‘tsa ham o‘z qadrini yo‘qotmaydi.

DREVO sovg‘a sertifikati — inson, oila yoki kompaniya tarixini oilaviy merosning ajralmas qismiga aylanuvchi kitobda abadiylashtirish imkoniyatidir.

Siz tayyor kitobni emas, balki katta va chuqur ma’noga ega shaxsiy loyihaning boshlanishini sovg‘a qilasiz. Biz birgalikda xotiralarni jamlaymiz, suhbatlar o‘tkazamiz, oilaviy fotosuratlar, hujjatlar va arxivlarni o‘rganamiz hamda bosqichma-bosqich insonning hayoti, qadriyatlari va o‘ziga xos tarixini aks ettiruvchi noyob kitobni yaratamiz.

Kitob ustidagi ish bir necha oy davom etadi. Shu vaqt ichida xotiralar yaxlit hikoyaga aylanadi, fotosuratlar o‘z tarixini topadi, oilaviy arxiv esa avloddan avlodga ehtirom bilan saqlanadigan va meros qilib qoldiriladigan bebaho kitobga aylanishadi.

Buyum emas, balki oilangizda abadiy saqlanib qoladigan tarixni yaratish imkoniyatini sovg‘a qiling.

VARIANTLAR VA NARXLAR


DREVO 64
Ushbu format kichik hajmdagi loyihalar uchun mos keladi: xotiralar kitobi, tarjimai hol, bolalik haqida kitob, sevgi tarixi yoki oilaviy fotoalbom.

Kitob ustidagi ish odatda 2–3 oy davom etadi va konsepsiya hamda maketni ishlab chiqish, suhbatlar o‘tkazish, matnni adabiy qayta ishlash va tahrirlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

Amalga oshirish muddati cheklanganligi sababli, ushbu format asosan materiallarning katta qismi oldindan tayyorlangan loyihalar uchun eng mos keladi: fotosuratlar, hujjatlar, xotiralar yoki tayyor matnlar mavjud bo‘lishi kerak. Bu esa uzoq vaqt davomida izlash va tadqiq qilish bosqichlarisiz, asosiy e’tiborni kitob yaratish jarayoniga qaratish imkonini beradi.

Kitob hajmi — 64 sahifa

3 000 AQSh dollari
*


Narx tarkibiga dizayn, maket tayyorlash, chop etishga tayyorlash, kitob nusxalarini bosib chiqarish va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari kirmaydi. Ushbu xizmatlar tanlangan bezak uslubi va tiraj hajmiga qarab alohida hisoblanadi.

DREVO 128

Ko‘pgina loyihalar uchun eng maqbul format. U inson, oila yoki kompaniya tarixini yanada chuqurroq ochib berish, ko‘proq xotiralar, fotosuratlar, hujjatlar va arxiv materiallarini kiritish imkonini beradi.

Kitob ustidagi ish odatda 4–6 oy davom etadi va konsepsiya hamda maketni ishlab chiqish, bir qator suhbatlar o‘tkazish, oilaviy yoki korporativ arxiv bilan ishlash, matnni adabiy qayta ishlash va tahrirlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

Kitob hajmi — 128 sahifa.


5 000 AQSh dollari*


Narx tarkibiga dizayn, maket tayyorlash, chop etishga tayyorlash, kitob nusxalarini bosib chiqarish va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari kirmaydi. Ushbu xizmatlar tanlangan bezak uslubi va tiraj hajmiga qarab alohida hisoblanadi.

DREVO 256

Katta hajmdagi loyihalar uchun mo‘ljallangan eng keng format — oilaviy sagalar, nasabnoma kitoblari, yirik tarjimai hollar va korporativ tarixlar uchun mos keladi.

Kitob ustidagi ish 8 oydan 1 yilgacha davom etadi, chunki u ko‘plab suhbatlar o‘tkazish, arxivlar, hujjatlar va fotosuratlar bilan chuqur ishlash, oila yoki kompaniya tarixini tadqiq qilish, matnni adabiy qayta ishlash, tahrirlash, shuningdek dizayn va chop etish jarayonida mualliflik nazoratini o‘z ichiga oladi.

Kitob hajmi — 256 sahifa. Zarurat tug‘ilganda, materiallar miqdoriga qarab hajmi oshirilishi mumkin.


10 000 AQSh dollari*


Narx tarkibiga dizayn, maket tayyorlash, chop etishga tayyorlash, kitob nusxalarini bosib chiqarish va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari kirmaydi. Ushbu xizmatlar tanlangan bezak uslubi va tiraj hajmiga qarab alohida hisoblanadi.


Men haqimda

Barno Ikramova

Jurnalist, bosh muharrir, muharrir va noshir.

Men 30 yildan ortiq vaqt davomida jurnalistika sohasida faoliyat yuritib kelaman, 20 yildan ortiq vaqt davomida esa jurnallar, kitoblar va nashriyot loyihalarini yaratish bilan shug‘ullanaman.

Butun professional faoliyatim davomida insonlar tarixini yozib kelaman. Men suhbatlar o‘tkazaman, arxivlar bilan ishlayman, voqealarni qayta tiklayman, xotiralarni jamlayman va ularni insonlar hamda davr xotirasini saqlab qoladigan kitoblar va nashrlarga aylantiraman.

Jurnalist sifatida men eng muhim xotiralarni eslashga yordam beradigan savollarni bera olaman. Muharrir sifatida esa voqealarni yaxlit ko‘ra olaman va tarqoq xotiralar, hujjatlar hamda fotosuratlarni yagona, mazmunli hikoyaga aylantiraman. Noshir sifatida esa kitob yaratish jarayonini qahramonlar bilan ilk uchrashuvdan tortib, tayyor nashrgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda kuzatib boraman.

Bugungi kunda DREVO loyihasi men o‘nlab yillar davomida shug‘ullanib kelgan barcha yo‘nalishlarni birlashtiradi — inson, oila, avlod yoki kompaniya tarixini saqlab qoladigan va ularning merosining bir qismiga aylanadigan kitoblarni yaratishni.

Ish tamoyillari

Maxfiylik

Har bir oilaviy tarix o‘ziga xos bo‘lib, unga ehtiyotkorlik va hurmat bilan yondashishni talab qiladi. Barcha materiallar, suhbatlar, fotosuratlar, hujjatlar va shaxsiy xotiralar qat’iy maxfiy saqlanadi. Kitobga qaysi voqealar kiritilishi, qaysilari esa faqat oilaviy arxivda qolishi haqida faqat siz qaror qabul qilasiz.

Ishonch va ochiqlik

Eng qadrli hikoyalar ishonch mavjud bo‘lgan joyda yaratiladi. Suhbatlar davomida to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri xotiralar bo‘lmaydi. Biz birgalikda qaysi voqealar, hikoyalar va tafsilotlar kitobingizning bir qismiga aylanishini belgilaymiz.

Birgalikdagi ijod

Kitob siz bilan birgalikda yaratiladi.
Siz xotiralaringiz, fotosuratlaringiz va oilaviy arxivlaringiz bilan o‘rtoqlashasiz, men esa ularni yaxlit, chiroyli va professional tarzda tuzilgan hikoyaga aylantirishga yordam beraman.

Tarixga ehtiyotkor munosabat

Har bir fakt, fotosurat va hujjat sinchkovlik bilan tekshiriladi hamda oilangiz tarixiga hurmat bilan saqlanadi. Mening vazifam — nafaqat voqealarni, balki davr ruhiyatini, insonlarning xarakterini va avlodlar xotirasini ham asrab qolishdir.

Mas’uliyat

Kitob yaratish — uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, vaqt, e’tibor va o‘zaro mas’uliyatni talab qiladigan hamkorlikdagi ishdir. Kelishuvlarga rioya qilish jarayonni xotirjam va samarali olib borishga, natijani esa sifatli bo‘lishiga yordam beradi.

Samimiylik

Eng kuchli kitoblar haqiqiy his-tuyg‘ulardan yaraladi. Kulgi, ko‘z yoshlar, oilaviy afsonalar, quvnoq voqealar, qiyin davrlar va katta g‘alabalar — bularning barchasi har bir sahifasi insoniy mehr va iliqlik bilan to‘ldirilgan jonli kitobning bir qismiga aylanadi.

Ko’p so’raladigan savollar

Kitob qaysi tilda yozilishi mumkin?


Kitob rus, o‘zbek (kirill yoki lotin yozuvida) yoki ingliz tilida yaratilishi mumkin. Agar kitobni bir nechta tillarda nashr etishni istasangiz, biz professional adabiy tarjima va matnni moslashtirish ishlarini tashkil qilamiz. Bunday loyihaning muddati va narxi alohida hisoblanadi.

Kitobni individual formatda buyurtma qilish mumkinmi?

Ha. Saytda taqdim etilgan formatlar — eng ko‘p talab qilinadigan variantlardir. Har bir DREVO loyihasi individual tarzda yaratiladi, shuning uchun sizning istaklaringizga qarab kitob hajmi, formati, tuzilishi, bezagi, muqova turi va boshqa parametrlarni o‘zgartirishimiz mumkin.

Kitob yaratish muddati nimaga bog‘liq?

Muddatlar bir nechta omillarga bog‘liq:
bo‘lajak kitob hajmiga;
suhbatlar soniga;
arxiv tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojga;
fotosuratlar va hujjatlar miqdoriga;
matnni tasdiqlash tezligiga;
materiallarni taqdim etish jarayonining tezkorligiga.

Kichik loyihalar odatda 2–3 oy davom etadi, yirik va murakkab loyihalar esa 6 oydan bir yilgacha vaqt olishi mumkin.


Kitobni ma’lum bir sanaga qadar olish mumkinmi?

Ha. Agar sana oldindan ma’lum bo‘lsa, biz ish jadvalini tuzamiz va loyihani yubiley, oilaviy tadbir yoki boshqa muhim kunga qadar yakunlashga harakat qilamiz.
Buning uchun materiallarni o‘z vaqtida taqdim etish va matnni kelishish jarayonida ishtirok etish muhimdir.

Loyiha narxiga nimalar kiradi?

Narx kitob ustida olib boriladigan mualliflik ishlarini o‘z ichiga oladi:
suhbatlar o‘tkazish;
konsepsiyani ishlab chiqish;
materiallar bilan ishlash;
adabiy qayta ishlash;
matn tahriri.
Dizayn, maket tayyorlash, nashrga tayyorlash, kitob tirajini chop etish, arxiv tadqiqotlari, tarjima va boshqa qo‘shimcha xizmatlar loyiha parametrlari tasdiqlangandan so‘ng alohida hisoblanadi.

Masofadan ishlash mumkinmi?

Ha. Suhbatlar onlayn tarzda o‘tkazilishi, materiallar esa elektron shaklda yuborilishi mumkin. Agar shaxsan uchrashish imkoniyati bo‘lsa, men har doim tanishuvni aynan yuzma-yuz uchrashuvdan boshlashni afzal ko‘raman.

Nima qilish kerak, agar fotosuratlar yoki hujjatlar kam saqlanib qolgan bo‘lsa?

Bu kitob yaratish uchun to‘siq emas. Loyihaning asosi xotiralar, suhbatlar va oilaviy hikoyalardan tashkil topadi. Agar arxiv faqat qisman saqlanib qolgan bo‘lsa, biz materiallarni yig‘ish, voqealar xronologiyasini tiklash va tarixni ehtiyotkorlik bilan rasmiylashtirishga yordam beramiz.

Kitobni keyinchalik to‘ldirish mumkinmi?

Ha. Agar kelajakda yangi materiallar, fotosuratlar yoki xotiralar paydo bo‘lsa, yangi, to‘ldirilgan nashrni tayyorlash mumkin.

Sovg‘a sertifikatining amal qilish muddati bormi?

DREVO sovg‘a sertifikatining amal qilish muddati — bir yil.

Iltimos, havola orqali brifni to‘ldiring. Bu menga sizning tarixingizni yaxshiroq tushunishga va birinchi uchrashuvga tayyorlanishga yordam beradi. Brif bilan tanishib chiqqanimdan so‘ng, loyiha haqida suhbatlashish va barcha savollaringizga javob berish uchun albatta siz bilan bog‘lanaman.


Siz men bilan o‘zingizga qulay bo‘lgan istalgan usulda bog‘lanishingiz mumkin.

Telegram / WhatsApp: +998 99 885 48 01

Email: barnoshaikram@gmail.com

To‘lov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.

SIZGA HAM YOQISH MUMKIN

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

E-mail manzilingizni kiriting

Подписаться на рассылку

Keling, birga topamiz!

Подписаться на рассылку

Keling, birga topamiz!