Qo‘rquvlari bilan kelishishni o‘rgangan ayol: Olesya Li hikoyasi

ULUSHLAR

Olesya Li — tadbirkor, Ollee brendining asoschisi.
Olesya Li – tadbirkor, Ollee brendi asoschisi

Olesya Li – tadbirkor, Ollee brendi asoschisi, iqtisodiy va psixologik ma’lumotga ega ayol, ona va ichki ishonch kuchiga ishonadigan inson. Ushbu materialda u o‘zini izlash, qo‘rquvlar, tayanch va ayol uchun muhim bo‘lgan – hayotda o‘z o‘rnini topish haqida samimiy fikrlari bilan bo‘lishadi.

O‘zi va yo‘li haqida

Ba’zi paytlar o‘zimdan uzoqlashayotgandek his qilganman. Shunday lahzalarda men to‘xtab, bo‘layotgan voqealarni qabul qilaman va o‘z qadriyatlarimga qaytaman. Vaqt o‘tib shuni angladimki, mening kuchim – hatto eng murakkab paytlarda ham o‘zimga bo‘lgan ishonchda.
Kasb va chaqiriq masalasida esa hanuz izlanishdaman. Ammo bitta narsani aniq bilaman: odamlarning hayoti biroz bo‘lsa ham yaxshilanayotganini his qilish menga kuch beradi.
O‘zimni topish – bu yakuniy nuqta emas, balki uzluksiz jarayon. Umr bo‘yi o‘rganish – hayotning o‘zi.

Qo‘rquv va jasorat

Yo‘lim boshida men boshqalardan yomonroq bo‘lib qolishdan qo‘rqardim. Birinchi qadamni tashlashimga esa eng zo‘r bo‘lish istagi turtki bo‘ldi. Qo‘rquv vaqt o‘tib chekinadi, ammo har yangi bosqichda yana paydo bo‘ladi. Shu sababli men u bilan yashashni va kelishishni o‘rgandim – va hanuz o‘rganishda davom etyapman.
Shubha va ishonchsizlik qaytganda, men o‘zimga shuni eslataman: hayotda omadli ayolman.

Olesya Li — tadbirkor, Ollee brendining asoschisi.
Olesya Li

Talabgirlik va ichki ishonch

Talabgirlik ichki ishonchdan boshlanadi. O‘ziga ishongan ayol dunyoni ham o‘zgartira oladi. Albatta, meni yetarlicha baholamagan davrlar ham bo‘lgan. Men esa shunchaki yashashda va o‘zimga ishonishda davom etdim.
Bugun men ongli bo‘lishni, o‘zimni eshita olishni rivojlantiraman. Ayol o‘zi uchun qadrli bo‘lsa, buni atrofdagilar ham sezadi.

Yordam so‘rash – zaiflik emas, balki yo‘lning tabiiy bir qismi. Buni menga hayot o‘rgatdi.

Baxt va muvozanat

Meni eng oddiy narsalar quvontiradi: sukunat, yaqinlar bilan suhbat, yashayotganimni va o‘z o‘rnimda ekanimni his qilish. Mening eng muhim odatim – duo. U meni yana o‘zimga qaytaradi.
Boshqalardan nimanidir kutmaslikka harakat qilaman – aynan shu menga ichki muvozanatni saqlashga yordam beradi.
Vaqt o‘tishi bilan shunday anglashiladiki, shubha va qo‘rquvlar orqali ham ayol o‘zini va o‘z yo‘lini topishi mumkin.

Olesya Li — tadbirkor, Ollee brendining asoschisi.
Olesya Li Bekobod shahrida tug‘ilgan, besh farzandli oilada ulg‘aygan va eng kenja farzand bo‘lgan.

Tayanch va qo‘llab-quvvatlash

Ayol uchun qo‘llab-quvvatlash muhim. Biz nozikmiz, lekin shu bilan birga kuchlimiz. Ba’zan yordam oldinga yurishga yordam beradi, ba’zan esa ayol hammasini o‘zi ham uddalay oladi – hammasi vaziyatga bog‘liq. Bugun mening eng katta tayanchim – oilam, turmush o‘rtog‘im va farzandlarim.
Yordam so‘rash – zaiflik emas, balki yo‘lning tabiiy bir qismi. Buni menga hayot o‘rgatdi. Men esa boshqa ayollarni imkonim boricha qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman – ma’naviy ham, amaliy jihatdan ham.

Olesya Li — tadbirkor, Ollee brendining asoschisi.
Olesya Li: «Onalik, tanaffuslar, shubhalar va qo‘rquvlar o‘zini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini inkor etmaydi».

Olesya Li haqida
Olesya Li Toshkent viloyati, Bekobod shahrida tug‘ilgan. U besh farzandli oilada ulg‘aygan va oilaning eng kichigi bo‘lgan. Ota-onasi unga halollik, insonlarga hurmat va yaqinlar bilan borini bo‘lishish kabi muhim qadriyatlarni singdirgan.
Olesya iqtisodiy va psixologik ma’lumotga ega, biroq uning kasbiy yo‘li darhol va oldindan rejalashtirilgan tarzda shakllanmagan.
Uzoq vaqt davomida u uy bekasi va ona bo‘lib, butun e’tiborini oilasi va farzandlariga bag‘ishlagan. Jamiyat ayolga ko‘pincha “kech bo‘ldi” deb aytadigan paytda, Olesya o‘zida kuch topib, o‘ziga tomon qadam tashladi. Shunday qilib uning hayotida shaxsiy ishi va Ollee brendi paydo bo‘ldi – ayollarning haqiqiy hayoti, issiq va quruq iqlim, kundalik yuklama va o‘ziga g‘amxo‘rlik uchun yaratilgan moslashtirilgan kosmetika.
Olesya Li hikoyasi shuni ko‘rsatadiki, ayolning yo‘li har doim ham to‘g‘ri chiziq bo‘lishi shart emas. Onalik, tanaffuslar, shubhalar va qo‘rquvlar ayolning o‘zini topishi va muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qilmaydi. Aksincha, ular ayol chinakam tayyor bo‘lgan paytda o‘ziga, ishonchga va muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘lning bir qismiga aylanishi mumkin.

SIZGA HAM YOQISH MUMKIN

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

E-mail manzilingizni kiriting

Подписаться на рассылку

Keling, birga topamiz!

Подписаться на рассылку

Keling, birga topamiz!